11:54 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
789 0 0

Rossiya Federatsiya Kengashi yangi qurollarini strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasiga kiritilmasligini tasdiqladi.

TOSHKENT, 10 mart - Sputnik. Federatsiya Kengashining Tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi Konstantin Kosachev Davlat Departamentining Rossiyada ishlab chiqilayotgan qurollarini strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasiga (SNV-3) kiritish haqidagi taklifini tanqid qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Dushanba kuni Vashingtonda Rossiya qurollarining qay biri, ularning fikriga koʻra, 2021 yil boshida tugaydigan SNV-3 shartnomasiga qoʻshilishi kerakligini aytishdi. Boshqa qurollar qatorida, Poseydon yadroviy dvigatelli suv osti apparati, yadroviy qurol bilan qurollangan qanotli raketa va havodan uchiriladigan ballistik raketa haqida soʻz yuritildi.

"Davlat Departamentining bayonotida, men bilishimcha, Rossiyaning barcha yangi qurollarining turlari, shu jumladan ishlab chiqilayotgan va xizmatga qabul qilinmaganlarining ham roʻyxati keltirilgan. Bunday toʻliq tugatilmagan ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlariga cheklashlar, u Rossiyaniki boʻlsin yoki AQShniki, umuman istisno qilinadi va hozir ham, kelajakda ham muhokama qilinmaydi”, - deya izoh berdi RIA Novostiga Kosachev.

Senator taʼkidlashicha, SNV-3-ni uzaytirish "mumkin va maqsadga muvofiqdir va buning uchun yetarli vaqt bor". Ammo, kelishuvni oʻzgartirishga vaqt qolmadi, deya qoʻshimcha qildi u.

SNV-3 shartnomasi

Strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasi (DSNV-3) 2010 yilda imzolangan va 2011 yil 5 fevralda kuchga kirgan.

Ushbu hujjat Rossiya va AQSH oʻrtasidagi qurollarni cheklash toʻgʻrisidagi yagona shartnoma boʻlib qolmoqda. Shartnoma muddati 2021 yil fevralida tugaydi. Avvalroq, Tramp Rossiya, Xitoy va AQSH oʻrtasida yangi uch tomonlama yadroviy bitimni ishlab chiqish istagi haqida gapirgandi. Pekinda bu fikr rad etildi.

Shartnomada tomonlarning har biri oʻzlarining yadroviy arsenallarining yetti yil va undan keyin ham umumiy soni 700 ta qitʼalararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va ogʻir bombardimonchilardagi ballistik raketalar, shuningdek, 1550 ta jangovar kallalari va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmagan zarba qurilmalaridan oshmagan darajada boʻlishini nazarda tutilgan.

2018 yil 5-fevral Rossiya va AQSH SNV-3 koʻrsatkichlariga erishadigan muddat edi.

Asosiy mavzular