08:47 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)
347 0 0

Italiyada ayni vaqtda koronavirusning yangi turi bilan bemorlanganlar soni 10,1 ming nafarni tashkil qilib turibdi, 1004 kishi tuzalgan, 631 nafari vafot etgan.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Italiya COVID-19 infektsiyasi tarqalishi tufayli tibbiy tovarlarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda va Xitoydan bu borada yordam olishga umid qilmoqda, deb bayonot qildi Italiya TIV rahbari Luiji Di Mayo XXR TIV rahbari Van I bilan boʻlib oʻtgan telefon muloqotida.

"Italiyadagi epidemiologik vaziyat hozirda gʻoyatda ogʻir. Italiya Xitoyning epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli tajribasini sinchkovlik bilan oʻrganmoqda. Italiya tibbiy tovarlar va uskunalar tanqisligi tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda, va xitoy tomoni ushbu oʻta keskin masalani hal etishda yordam berishiga umid qilmoqda", - Li Mayo soʻzlari XXR TIV saytida keltirilgan, deb yozadi RIA Novosti.

Italiya TIV rahbari shuningdek, mamlakatdagi xitoy emigrantlarining epidemiya tarqalishi oldini olishdagi faol rolini alohida eʼtirof etib, italiya tomoni bundan keyin ham ularning xavfsizligi va sogʻligʻi borasida qaygʻurishda bor kuchini ishga solishini qoʻshimcha qilgan.

Italiyada ayni vaqtda koronavirusning yangi turi bilan bemorlanganlar soni 10,1 ming nafarni tashkil qilib turibdi, 1004 kishi tuzalgan, 631 nafari vafot etgan. Butun dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 100 mingdan oshdi, ularning aksariyati tuzaldi, 4 mingga yaqini vafot etdi. Koronavirus epidemiyasi ilk marotaba Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. Yevropada eng jiddiy tarqalgan hudud Italiyadir, shuningdek, Frantsiya va Germaniyada ham oʻta murakkab vaziyat yuzaga kelgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)

Asosiy mavzular