01:38 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
29510

Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 76% dan ortigʻi davolanib, shifoxonalardan javob olishdi, 16 mingga yaqin bemor davolanmoqda.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Turkiya, Boliviya va Yamaykada birinchi koronavirus holati qayd etildi.

Koronavirusni Yevropadan qaytgan bir kishi Turkiyaga olib keldi. Turkiya SSV Faxrettin Kojaning soʻzlariga koʻra, fuqaro karantinga olindi. Shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Bemorning oila aʼzolari va u bilan muloqot qilgan shaxslar – kuzatuvga olindi.

Umuman olganda, dunyoda yuz mingdan ortiq odam bu virusga chalindi, toʻrt ming kishi vafot etdi, 65 ming kishi sogʻayib ketdi.

Shu bilan birga, Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda. Oʻtgan kun davomida mamlakatda atigi 24 ta yangi holat aniqlandi, ulardan oʻntasi chetdan kelgan fuqarolarda qayd etildi. Ayni paytda XXRda 80 mingdan ortiq bemor.

XXRda koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning 76% dan ortigʻi davolandi, 16 mingga yaqin bemor kasalxonalarda qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular