00:14 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
459 0 0

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Abdulloh Abdulloh egallab turgan ijroiya hukumati rahbari lavozimini tugatdi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Qayta saylangan Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Abdulloh Abdulloh egallab turgan ijroiya hukumati rahbari lavozimini tugatdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy telekanal TOLOnews maʼlumotiga asoslangan holda xabar qildi.

Bosh vazir lavozimi muqobili boʻlgan ijroiya hukumati rahbari lavozimi 2014 yil sentyabrida ikki siyosatchi oʻrtasida hokimiyatni taqsimlash bitimi doirasida joriy etilgan edi. Oʻshanda Abdulloh Abdulloh mamlakat prezidenti saylovlarida Gʻaniga magʻlub boʻlganini tan olishni istamagan edi.

Eslatib oʻtamiz, 9 mart kuni Ashraf Gʻani qasamyod qabul qildi va rasman Afgʻoniston prezidenti lavozimiga kirishdi. Saylovlarda oʻz magʻlubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdullah ham oʻsha kuni davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimi oʻtkazdi va oʻzini prezident deb eʼlon qildi.

Afgʻonistonda prezident saylovi

Centyabr oyining oxirida Ashraf Gʻani saylovda 50,64% ovoz yigʻib, gʻalaba qozongan edi.

Uning asosiy raqibi bosh vazir Abdulloh Abdulloh rasmiy maʼlumotlarga koʻra 39,52 foiz ovoz toʻplagan, ammo saylov natijalaridan rozi boʻlmagan. U ovozlarni qayta hisoblash talab qildi. Uning talabiga binoan ovozlar qayta hisoblandi va yana bir bor uning magʻlub boʻlgani aytildi.

Asosiy mavzular