03:45 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
234 0 0

Ukrainada yangi infektsiya bilan bemorlanish ilk holati oʻtgan haftada Chernovitsk viloyatida qayd qilingan edi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Ukraina hukumati koronavirus tufayli mamlakat oʻqish muassasalarida uch haftalik karantin joriy qildi, ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishi ham taʼqiq ostida qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ukrainada yangi infektsiya bilan bemorlanish ilk holati oʻtgan haftada Chernovitsk viloyatida qayd qilingan edi. Virusni yuqtirgan shaxs - Italiyadan kelayotgan sayyoh boʻlgan. Koronavirus simptomlari ukrainalikda u vataniga qaytib kelgach, ikki kundan soʻng namoyon boʻlgan. Kasallik alomatlari paydo boʻlganiga qadar u oila shifokori tavsiyalariga amal qilgan.

Ukraina sogʻliqni saqlash vazirligi bemor holati stabil ekanligini, temperaturasi normalligini, ammo u hozircha zaifligini maʼlum qilgan. Erkakni davolash ishlari davom etmoqda.

Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabrida Butundahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakat markaziy qismi (Xubey provintsiyasi)da Uxan shahrida avj olgan nomaʼlum pnevmoniya haqida xabardor qilgan edi.

Mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi - yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqlaganlar. BSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi va kasallikka rasman - COVID-19, deb nom berdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular