16:42 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
209 0 0

AQSH koronavirus tufayli Yevropadan nafaqat odamlar balkim tovar va mahsulotlar kirishiga ham taʼqiq qoʻydi.

TASHKENT, 12 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp 13 martdan boshlab Yevropadan kelayotganlar kirishiga 30 kunlik taʼqiq qoʻydi.

“Kasallik yuqqan kishilar bizning mamlakatga kirmasliklari uchun, biz Yevropadan AQShga barcha tashriflarni 30 kunga toʻxtatib qoʻyamiz. Yangi qoidalar juma oqshim yarim tunda kuchga kiradi”, - dedi prezident.

Ushbu taʼqiq faqat Buyuk Britaniyaga taaluqli emas. Undan tashqari Amerika fuqarolari maxsus koʻrikdan oʻtganidan soʻng mamldakatga kirishlari mumkin boʻladi.

Ushbu taʼqiq nafaqat odamlarga, balkim AQShga olib kirilayotgan barcha tovar va mahsulotlarga ham taaluqli boʻladi, - dedi AQSH prezidenti.

Shuningdek Tramp Yevropa Ittifoqini koronavirusga qarshi yetarli choralar koʻrmaganlikda, Xitoy va boshqa “qaynoq nuqtalardan” tashriflarni oʻz vaqtida cheklamaganlikda aybladi.  

“Biz ana shunday qattiqqoʻl choralar bilan fuqarolarimizga solinayotgan tahdidni sezilarli darajada kamaytirishimiz mumkin”, - dedi Donald Tramp.

Eslatib oʻtamiz, 11 mart kuni Jahon Sogʻliqni saqlashoʻ tashkiloti butun dunyoda koronavirus pandemiyasini eʼlon qilgan edi.

RIA Novosti ekspertlari fikriga koʻra, koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar butun dunyo fond birjalarida aktsiyalar keskin qulashiga olib kelishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodi oʻsishdan toʻxtab kamayishni boshlashi mumkin. Vaholanki, koronavirus tarqalishining eng kuchli davri aprel-may oylarida kutilmoqda.

Asosiy mavzular