08:58 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
158 0 0

Hukumat maxsus profilaktika choralarini amalga oshirishga kirishdi. Shu bois ommaviy tadbirlar bekor qilinadi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Qozogʻistonda ommaviy tadbirlar koronavirus tufayli bekor qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Twitter᾽dagi sahifasida maʼlum qildi.

“JSST koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi. Hukumat maxsus profilaktika choralarini amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj uchun zarur boʻlgan tovarlar bilan taʼminlashda uzilishlar boʻlmaydi. Kichik va oʻrta biznes zarar koʻrishining oldini olish muhim”, — deb yozgan Tokayev.

Tokayev “asosiysi — fuqarolar salomatligi” ekanini aytib, “birga barchasini yengamiz” deya qoʻshimcha qilgan.

Avvalroq Moskvada koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 10 aprelga qadar 5 mingdan ziyod kishi ishtirok etadigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlangan edi.

Tojikiston poytaxtida koronavirus tufayli Navroʻz bayramini nishonlash bekor qilindi.

Oʻzbekiston hukumati ham yuzaga kelgan vaziyat sabab ayrim tadbirlarni keyinga qoldirdi va bir necha xorijga safar tadbirlar jadvalini qayta koʻrib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni mamlakatda jamoat salomatligini taʼminlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Unda hozirda jahon boʻylab koronavirus infektsiyasining (COVID-19) tarqalishi mamlakat aholisini ham maʼlum maʼnoda xavotirga solayotgani taʼkidlandi.

Mirziyoyev ushbu xastalikning Oʻzbekistonga kirib kelmasligini taʼminlash avvalo mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga koʻtarishni taqozo etishini qayd etdi.

Shu munosabat bilan, prezident Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada koʻrilayotgan karantin va profilaktika choralari boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berdi.

Oʻzbekistonda Navroʻz bayramini nishonlash tadbirini bekor qilish milliy darajada muhokama qilinganicha yoʻq. Mamlakatda yangi koronavirus COVID-19 bilan kasallanishning birorta ham holati qayd etilmagan. Barcha oʻquv muassasalarida profilaktik tushuntirish, infektsiyaning oldini olishga qaratilgan qatʼiy choralar koʻrilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular