01:30 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
345 0 0

Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiya va Turkiya Idlibga oid muzokaralarda aksariyat masalalar boʻyicha kelishib olishga muvaffaq boʻlganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya va Turkiya Idlibga oid muzokaralarda aksariyat masalalar boʻyicha kelishib olishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar maʼlum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“Idlibda harbiylarimizning boʻlib turishi davom etadi, ularni olib chiqib ketish haqida gap bormayapti”, - deya turk vaziri soʻzlaridan iqtibos keltirgan NTV telekanali.

Idlibdagi vaziyat 27 fevraldan keyin “Hayat Tahrir ash-Shosh”* terrorchilari suriya armiyasi pozitsiyalariga yirik koʻlamli bosqinni amalga oshirganidan soʻng keskin tus olgan edi. Hukumat qoʻshinlari tomonidan javob zarbasi berilgan. Rossiya Mudofaa qoʻmitasi axborotiga koʻra, zarbaga jangarilar bilan birga u yerda boʻlmasligi kerak boʻlgan turk qoʻshinlari ham duch kelganlar. 36 nafar turk askari halok boʻldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Bunga javoban Anqara Suriya shimoliy-gʻarbida “Bahor qalqoni” deb ataluvchi yangi harbiy amaliyotni boshlab yubordi.

Rossiya Idlibdagi vaziyat keskinlashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida Anqaraning 2018 yil 17 sentyabrdagi rus-turk memorandumining asosiy majburiyati bajarmagani, jumladan, Turkiya hukumati bilan muloqot qilishga tayyor qurolli muxolifatni terrorchilardan ajratib ololmaganligini maʼlum qildi.

Beshinchi mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdogʻanning muzokaralari boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida tomonlar toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib oldilar. Shuningdek, Moskva va Anqara M-4 avtomagistrali boʻylab, uning shimoliy va janubidan olti kilometr masofada xavfsizlik yoʻlagini tashkil qilishga kelishib oldilar. 2018 yilgi Sochi memorandumiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular