08:05 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
90110

Tojikiston Rogʻun GES yaqinida zilzila yuz berdi - Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Tojikistonda 12 martga oʻtar kechasi zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Dushanbedan 82 km uzoqlikda joylashgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon prinyal uchastiye v tseremonii zapuska vtorogo agregata Rogunskoy GES
© Press-slujba prezidenta Tadjikistana. NakibMurodov

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasida maʼlum qilinishicha, zilzila kuchi Rogʻun yaqinida, 11 martdan 12 martga oʻtar kecha, mahalliy vaqt bilan soat 22:11da sezildi.

Seysmologlarning maʼlumotlariga koʻra, Rogʻundan 8 kilometr yaqinida zilzila yuz bergan. Zilzila epimarkazida 3 ball va Rogʻun shahrida 2-3 ball boʻlgan.

Talofat yoki jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmadi.

Asosiy mavzular