08:25 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
617450

Ispaniya shifokorlari organizmni viruslardan himoya qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini tuzdilar.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Ispaniyalik shifokorlar immunitet tizimi ishlashini qoʻllab-quvvatlaydigan mahsulotlarni sanab oʻtdilar, deb xabar qildi La Vanguardia.

Roʻyxat boshida bakteriya, virus va teri kasalliklaridan himoya qiladigan sarimsoq keltirilgan. Undan keyin vitaminlarga boy bodom va nafas olish yoʻllarini himoyalovchi qoragʻat (chernika) sanab oʻtilgan.

Bundan tashqari, shifokorlar tovuq yoki kurka shoʻrvasini ratsionga qoʻshishni tavsiya qilishgan. Bu shamollash vaqtida burunda shilliq qavat paydo boʻlishining oldini oladi.

Shuningdek, roʻyxatga beta-karotinga boy kartoshka va brokkoli kiritilgan. Qoʻziqorin, qora shokolad, tsitrus mevalari, anor, kivi, papayya, ismaloq, bugʻdoy novdasi, mollyuska, ustritsa ham virusdan himoyalovchilar qatorida sanab oʻtilgan.

Shifokorlar immunitetni mustahkamlaydigan ziravorlar sifatida zanjabil va kurkumani, ichimliklardan esa - koʻk choy va qatiqni eʼtirof etganlar.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular