20:18 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
338 0 0

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus - COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qildi.

TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Eron BMT bosh kotibi Antoniu Guttereshga maktubni yoʻllab, unda koronavirusga qarshi kurash uchun AQSH tomonidan respublikaga qoʻyilgan sanktsiyalarini bekor qilish zarurligini koʻrsatib oʻtdi.

Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Abbos Musaviy bayonot bergan.

"Eron TIV rahbari (Muhammad Javad) Zarif BMT bosh kotibiga yoʻllagan, nusxalari xalqaro tashkilotlar rahbarlari va barcha davlatlar tashqi ishlar vazirlariga yuborilgan maktubida, AQShning Eronga qaratilgan barcha biryoqlama va noqonuniy sanktsiyalarini koronavirusga qarshi kurash uchun olib tashlash zarurligini koʻrsatdi", - deb yozadi Twitterda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabrida Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakat markaziy qismi (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida avj olgan nomaʼlum pnevmoniya haqida xabardor qilgan edi.

Mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi - yangi koronavirus ekanligini aniqlashdi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus - COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular