Dunyoda yagona oq jirafa qoldi – antiqa hayvon haqida video

© AFP 2023Samki belogo jirafa i yee detenish v zapovednike v keniyskom okruge Garissa
Samki belogo jirafa i yee detenish v zapovednike v keniyskom okruge Garissa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keniya qo‘riqxonasida dunyoda yagona bo‘lgan oq rangli jirafa qoldi. Brakonerlar qolgan oq jirafalarini yo‘q qildi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Mahalliy aholi Keniyadagi Garissa tumanidagi qo‘riqxonada oq jirafa va uning bolasi qoldiqlarini topishdi. Brakonerlar jonivorlarni o‘ldirishgan deb taxmin qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoda faqat bitta erkak oq jirafa omon qoldi.

10 mart kuni qo‘riqxonaning rasmiy sahifasida qayg‘uli xabar paydo bo‘ldi: xodimlar bir necha oy oldin g‘oyib bo‘lgan ikkita oq jirafaning qoldiqlarini topdilar.

Jirafalarning qoldiqlari tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan Ishakbini qo‘riqxonasidan 57 km shimoli-sharqda topilgan.

Aholi noyob oq jirafalarni 2017-yil iyun oyida ko‘rishgan.

Brakonerlar Tanzaniya va Efiopiyada ham oq jirafalarini yo‘q qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0