08:54 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
59110

Oʻzbekiston va Tojikiston mutaxassislari katta Hisor kanalini tozalash boʻyicha ishlarni boshlab yuborishdi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston katta Hisor kanalini tozalash ishlarini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Umumiy hisobda taxminan 18 kilometr joy axlat va qulagan daraxtlardan tozalash rejalashtirilgan.

Katta Hisor kanalini tozalash ishlari 8 mart kuni boshlandi. Hisor qishlogʻidan kanal boshi - Sino tumanidagi Dushanbe daryosiga qadar ishlar davom etmoqda. Kanalning 3 kilometr joyi tozalandi.

Oʻzbekiston obʼyektga 9 ta ekskavator, Tojikiston tomoni uchta maxsus texnikani va 30 ishchini yubordi.

Asosiy mavzular