Kanada bosh vazirining rafiqasi koronavirusni yuqtirdi

© REUTERS / Axel SchmidtPremyer-ministr Kanadi Djastin Trudo s suprugoy i sinom spuskayutsya po trapu posle prizemleniya v aeroportu Gamburga
Premyer-ministr Kanadi Djastin Trudo s suprugoy i sinom spuskayutsya po trapu posle prizemleniya v aeroportu Gamburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal avval Kanada bosh vaziri rafiqasi Britaniyadan qaytib, o‘zida virusli kasallik alomatlarini sezgach, izolyatsiya rejimiga o‘tib, uydan ishlash qarorini qabul qilgan edi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Kanada bosh vaziri Jastin Trudoning rafiqasi Sofi topshirgan namuna musbat chiqdi, deb xabar qildi Kanada hukumati rasmiy vakili Kameron Ahmad. RIA Novosti xabari asosida.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV koronavirus tarqalgani haqidagi audioxabarga raddiya berdi

Jastin Trudo bir muddat oldin rafiqasi Britaniyadan qaytib, o‘zida virusli kasallik alomatlarini sezgach, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga o‘tib, uydan ishlash qarorini qabul qilgan edi.

Trudoning o‘zida virus alomatlari aniqlanmagan. Uning rafiqasida bemorlik yengil shaklda kechmoqda.

Yangi koronavirus infeksiyasi

O‘tgan yilning oxirida XXR hukumati kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya epidemiyasi haqida xabar qilgan edi. So‘ngra mutaxassislar tomonidan kasallik qo‘zg‘atuvchisi - yangi koronavirus ekanligi aniqlandi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya haqida e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 110dan ziyod mamlakatlarda 125 ming kishi yangi turdagi koronavirus bilan bemorlangan, ulardan 4625 nafari vafot etgan, 68 mingdan ziyodi shifo topgan.

Rossiya Federatsiyasida koronavirusni yuqtirganlik bilan bog‘liq 34ta holat qayd etilgan.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 12-mart kuniga qadar O‘zbekistonda bironta koronavirusga chalinish holati qayd etilmaganligini rasman ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0