AQSh suv osti kemasining namoyishkorona muzni yorib chiqishi biroz o‘xshamay qoldi

Obuna bo‘lish
Amerika suv osti kemasi Arktikadagi Rossiya harbiy bazasi yonidan suzib chiqayotganida muzlar orasiga tiqilib qoldi.

AQSh Harbiy dengiz floti o‘zining YouTube kanalida USS Toledo atom suv osti kemasining Arktikada muzni yorib ustiga suzib chiqish videosini joylashtirdi. Qisqa video chto etilganidan so‘ng uning ostida ko‘plab hazilolmuz izohlar paydo bo‘ldi.

Arktika hududiga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yetib kelgan suv osti kemasi muzni yorib suv ustiga chiqadi, lekin kema muzni to‘liq yorib chiqa olmaydi. Uning raketalar joylashgan qismi muz ostida qoladi.

Shundan so‘ng matroslar belkurak va benzin arralar yordamida muzniqatlamini kesib kemani ustini ochishga majbur bo‘lishadi.

Video Internetda paydo bo‘lganidan so‘ng, ko‘plab kinoyali izohlarga sabab bo‘ldi. Oddiy foydalanauvchilar bunday suzib chiqishning befoydaligini qayd etishdi. Harbiy ekspertlar esa AQSh dengiz flotining bu ishini xavfli manyovr deb atashdi. Chunki bundan oldin AQSh suv osti kemalari muzni yorib chiqish oqibatida olgan shikastlaridan so‘ng 4 marotaba ta’mirlashga majbur bo‘lishgan. Bunday kemalarni ta’irlash juda qimmatga tushgan.

Yangiliklar lentasi
0