19:21 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
53710

Turkiya Idlibdan ogʻir qurollarni qaytarishdan bosh tortdi. Mart boshida Rossiya va Turkiya prezidentlari Moskvadagi olti soatlik muzokaralardan soʻng Idlib provintsiyasidagi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib olishgandi.

TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Turk qoʻshinlari Idlibdagi kuzatuv punktlaridan ogʻir qurollarni olib chiqmaydilar. Bu haqda RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Idlibda vaziyat 27 fevral kuni Xayyat Tahrir ash-Shom* terrorchilari Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga keng koʻlamli hujum uyushtirganidan keyin keskinlashdi. SAR armiyasi bunga javoban zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, u yerda boʻlmasligi kerak boʻlgan turk harbiylari ham oʻqqa tutilgan. Natijada Turkiya armiyasining 36 askari halok boʻldi, 30 dan ortiq odam jarohatlandi.

Jarohatlangan turk harbiylari toʻgʻrisida maʼlumot olgandan soʻng, Rossiya tomoni Suriya qoʻshinlari tomonidan oʻt ochishni toʻliq toʻhtatish choralarini koʻrdi va oʻlgan va yarador turk harbiylarini Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi taʼminlandi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari bu hududda ishlatilmaganligini taʼkidladi.

5 mart kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari Moskvadagi olti soatlik muzokaralardan soʻng Idlib provintsiyasidagi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Rossiya va Turkiya, shuningdek, ilgari tuzilgan kelishuvlarga: 2017 yildagi deeskalatsiya hududlarini yaratish boʻyicha kelishuvga va 2018 yilgi Sochi memorandumiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular