07:08 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1297)
81010

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlar soni koʻpayganligi haqida xabar bermoqda

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Qozogʻistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni olti kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharipga tayangan holda.

"Qozogʻistonda koronavirusni yuqtirganlar soni hozircha olti nafar, ulardan toʻrt nafari Olma-otada, ikki nafari Nur-Sultonda karantinga olingan", - dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy vakili.

Shuningdek, statsionar karantindagi fuqarolar soni 1090 kishini, uy karantinidagilar soni – 452 kishini tashkil etayotgani qoʻshimcha qilingan.

Shu bilan birga, XXR va mamlakatga chegaradosh boʻlgan davlatlardan kelayotgan fuqarolar monitoringi davom ettirilmoqda.

Dunyodagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat

Dunyoning 138 ta davlatida koronavirusni yuqtirganlik boʻyicha 145 321 holat qayd etilgan, shu jumladan, XXRda – 80 813 holat, ulardan - 3 176tasi oʻlim bilan yakunlangan. Sogʻayganlar soni 64 111 kishini tashkil qilgan (79,3%). Statsionarlarda 13 526 bemor qolmoqda.

Boshqa davlatlarda – 64 502 (shu jumladan, sayohat laynerlarida ham) holat qayd etilgan, ulardan – 2 238 oʻlim bilan yakunlangan(3,4%).

Italiyada – 17 660 holat, vafot etgan – 1 439; Eronda – 11 364 holat, vafot etgan – 514; Janubiy Koreyada - 7 979 holat, vafot etgan – 71.

Frantsiyada – 3 661 holat, vafot etgan – 79; Ispaniyada – 5 232 holat, vafot etgan – 133; Germaniyada – 3 675 holat, vafot etgan – 8.

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda quyidagi profilaktika choralariga amal qilishga chorlab qoladi:

qoʻllarni va yuzni tez-tez sovunlab yuvish;

odamlar toʻplanadigan joylarga bormaslik;

kasal odamlar bilan aloqa qilishdan qochish;

shamollash kasalligi belgilari paydo boʻlganida (tana harorati koʻtarilishi, yoʻtal, tomoqdagi ogʻriq) zudlik bilan uyga tez yordam chaqirish lozim.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1297)

Asosiy mavzular