Xitoyda koronavirusga chalinganlarning qariyb 83 foizi tuzalib ketdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax
Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda, oxirgi bir-ikki kun ichida mamlakat bo‘ylab faqat 20 ta yangi holat aniqlangan.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Xitoyda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan kunda kamaymoqda. Kasalxonadan 82,7 foiz kishiga allaqachon javob berilgan. Hozirda u yerda koronavirusdan o‘lim holati 3,95 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xitoyda yangi koronavirusni yuqtirganlikning tasdiqlangan holati 80 844 kishiga yetgan, ulardan 66 911 nafari tuzalib ketgan va kasalxonadan ularga javob berilgan. Bu esa kasallanganlarning 82,7 foizini tashkil etadi.

Epidemiya boshlangandan buyon Xubey provinsiyasini hisobga olmagandan holda Xitoy bo‘ylab 13 050 ta yuqtirish holati qayd etilgan, shulardan 144 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Epidemiya o‘chog‘i Xubeyda 67 794 ta kasallanish holati aniqlangan, 3085 kishi vafot etgan. O‘lim holati 4,5 foizni tashkil etgan

So‘nggi paytlarda Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda, oxirgi bir-ikki kun ichida mamlakat bo‘ylab faqat 20 ta yangi holat aniqlangan. Shulardan 16 tasi boshqa mamlakatlardan olib kelingan va 4 tasi Xubeyda qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0