13:53 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
1396 0 0

Nashrning yozishicha, ushbu holat Qoʻshma Shtatlar va Germaniya oʻrtasida "bilvosita, biroq sezilarli" tortishuvga olib kelgan. Chunki Germaniya hukumati CureVac vaktsina ustida ishni GFRda davom ettirishini xohlamoqda

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi vaktsina yaratish ustida ish olib borayotgan nemis olimlarini oʻz tomoniga ogʻdirishga harakat qilmoqda, deb xabar qildi Welt am Sonntag nashri GFR hukumatidagi oʻz manbasiga tayangan holda.

Nashr maʼlumotiga koʻra, gap Germaniyaning koʻhna Tyubingen shahrida joylashgan CureVac firmasi olimlari haqida bormoqda.

Tramp, goʻyoki ularni ogʻdirish yoki vaktsinani faqat AQSH uchun eksklyuziv qoʻlga kiritish maqsadida, olimlarga juda katta miqdorda pul taklif qilgan. "Faqat AQSH uchun", - deya aniqlik kiritadi nashrga nemis hukumatidagi manba.

Nashrning yozishicha, ushbu holat Qoʻshma Shtatlar va Germaniya oʻrtasida "bilvosita, biroq sezilarli" bahsni vujudga keltirgan. Chunki Germaniya hukumati CureVac firmasi vaktsina ustida ishni GFRda davom ettirishini xohlamoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu firma vaktsina ustida ishlarni Paul Erlix nomidagi federal institut bilan hamkorlikda olib bormoqda.

"Federal hukumat yangi koronavirusga qarshi vaktsinalar va dorilar Germaniyada va Yevropada ishlab chiqilishidan manfaatdor. Shu munosabat bilan, hukumat, CureVac firmasi bilan muntazam aloqalarda boʻlib turibdi", - deb taʼkidladi GFR sogʻliqni saqlash vazirligi vakili.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. Hozirda dunyoning 135 mamlakatida 142 mingdan ziyod kishilar virusdan bemorlangan, ularning aksariyati shifo topgan, 5,3 mingdan ziyodi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular