02:25 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
162 0 0

Sandersning soʻzlariga koʻra, har yili Qoʻshma Shtatlarda epidemiya boʻlmagan vaqtda ham 60 ming kishi shifokor qabuliga oʻz vaqtida bora olmasliklari sababli vafot etadi.

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlikka daʼvogar senator Berni Sanders AQSH sogʻliqni saqlash tizimi koronavirus epidemiyasi bilan kurashishga tayyor emasligini maʼlum qildi.

“Biz tayyor emasmiz va tayyor boʻlmaganmiz ham, chunki bizda tizimning yoʻq. Bizda minglab sugʻurta (tibbiy) rejalar mavjud, ular barcha odamlarga tibbiy xizmat koʻrsatishga tayyor tizim emas”, - dedi Sanders boshqa bir prezidentlikka nomzod - vitse-prezident Jo Bayden bilan televizion munozarada. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Sandersning soʻzlariga koʻra, har yili Qoʻshma Shtatlarda epidemiya boʻlmagan vaqtda ham 60 ming kishi shifokor qabuliga oʻz vaqtida bora olmasliklari sababli vafot etadi.

“Bu (koronavirus bilan bogʻliq) inqiroz vaziyatni yanada yomonlashtirishi aniq”, - deb qoʻshimcha qildi senator.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda AQShda 3,2 mingdan ortiq koronavirus holati qayd etilgan, 62 kishi vafot etgan.

Bayden va Sanders debatlari dastlab Arizonaning Finiks shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli AQSH saylovlari tarixida birinchi marta debatlarni CNNning Vashingtondagi studiyasida tomoshabinlarsiz va  uchta televizion boshlovchilar bilan oʻtkazishga qaror qilindi.

Asosiy mavzular