04:54 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
560 0 0

Yevropa Ittifoqi dori-darmon va tibbiy uskunalar berishdan voz kechganidan soʻng, Serbiya Xitoyga murojaat qilishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Koronavirus tufayli Yevropa Ittifoqida dori-darmon va asbob-uskunalarni eksport qilishga qoʻyilgan taqiq Yevropada birdamlik yoʻqligini koʻrsatdi, dedi Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, RIA Novoosti xabariga asosan. 

Serbiya Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, yakshanba kuni kechqurun holatiga mamlakatda 48 kishi koronavirus bilan kasallangan. Hukumat shu kuni oziq-ovqat, shaxsiy parvarish va gigiyena uchun narxlarni cheklab qoʻydi. Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, 50 kishigacha boʻlgan ommaviy yigʻilishlarni taqiqlab qoʻydi va 65 yoshdan oshgan fuqarolarni zaruriyatsiz uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Yakshanba kuni kechqurun davlat rahbari milliy inqiroz shtabi rahbariyati va Serbiya patriarxi Iriney bilan uchrashuvlar oʻtkazdi, keyin xalqqa murojaat qildi va favqulodda holatni eʼlon qildi.

"Men hozir siyosiy xulosalar chiqarmayman, lekin biz xalqaro yoki Yevropa hamjihatligi yoʻqligini angladik, bularning hammasi qogʻozdagi ertak ekan", - dedi Vuchich.

Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqidan dori-darmonlar va tibbiy jihozlarni eksport qilish taqiqlanganligi toʻgʻrisida Yevropa komissiyasining rahbari Ursula fon der Lyayen xabar bergan.

"Bu vaziyatda bizga faqat XXR yordam berishi mumkin. Men rais Si Tszinpinga xat yozdim, men undan yordam soʻradim va uni birodarim deb atadim", - dedi Vuchich.

Serbiya prezidenti XXRdan dori-darmon, shifokorlarni yuborini soʻragan, shuningdek 5 million dona himoya niqoblariga buyurtma bergan.

"Ular (YEI-tahr.) Serbiya pulga kerak boʻlganda, Yevropalik firmalarga qulay boʻlishi uchnu tender shartnomalarni oʻzgartirishni talab qilardilar. Falokat kelib vaziyat ogʻirlashganida esa - Serbiya pullari ularga kerak boʻlmay qoldi. Buning uchun ularga "katta rahmat", menga ishoning, men ularga "minnatdorchilik bildirish" yoʻlini topaman, - deb taʼkidladi Serbiya Prezidenti.

Asosiy mavzular