02:59 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)
289 0 0

Tashqi ishlar vazirligi AQSH, Kanada va Amerika qitʼasining boshqa davlatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, koronavirusning Oʻzbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 16 martdan boshlab “Toshkent – Nyu-York – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni vaqtincha toʻxtatdi.

Elchixona mazkur davrda AQShdan Oʻzbekistonga borishni rejalashtirgan fuqarolarga oʻz safarlarini keyinroqqa qoldirishni va aviachiptalarni qaytadan bronlashni tavsiya qildi. Aviachiptalarni qaytarishda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan reyslarni bekor qilish davrida jarimalar olinmaydi.

Bunda Oʻzbekiston fuqarolari vatanlariga qaytganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadilar.

AQShda koronavirus tarqalishi borasidagi vaziyatning keskinlashishi va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat boʻlmasa AQShga borish tavsiya etilmasligi aytiladi.

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi va Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasiga tashrif buyuruvchilar orasida koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish masofadan turib (shaxsiy murojaatsiz), shuningdek, pochta xizmati orqali yozishmalar yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi, arizachilarning shaxsan hozir boʻlishini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot elchixonaning uzbekistan.org va bosh konsulxonaning www.uzbekconsulny.org veb-saytlarida joylashtirilgan).

Shu munosabat bilan hamda diaspora tashkilotlari va vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni oʻrnatish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida elchixona va Nyu-York shahridagi bosh konsulxona tomonidan doimiy ishlaydigan “ishonch telefonlari” ochildi.

2020 yil 15 mart holatiga koʻra, elchixona akkreditatsiya qilingan mamlakatlarda Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus infektsiyasini yuqtirgan holatlar qayd etilmagan.

Elchixona Oʻzbekiston fuqarolaridan yuqorida keltirilgan barcha masalalar boʻyicha quyidagi maʼlumotlar orqali bogʻlanishlarini soʻragan:

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi:
Manzil: 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington, D.C. 20036  
Telefon: (202) 887-5300, Faks: (202) 293-6804
El.manzil: info.washington@mfa.uz

Konsullik boʻlimi:
Telefon: (202) 887-5300 (ext. 1), Faks: (202) 202-9633
El.manzil: consul.washington@mfa.uz
Telegram: @ElchixonaUZ 
Faxriddin Moʻminov, mobil telefon/telegram: (202) 251-8298).

Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi:
Manzil: 630 3rd Avenue, 5th floor, New York, 10017  
Telefon: (212) 754-7403, (212) 754-6178
El.manzil: info@uzbekconsulny.org,
Telegram kanal: https://t.me/consulNY
1. Ulugʻbek Ahmedov, mobil telefon/telegram: +1 917 539-4664;
2. Qahramon Dolimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4406;
3. Farhod Azimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4404.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1294)

Asosiy mavzular