07:51 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1162)
893 0 0

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan oʻzbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axborotiga koʻra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan Oʻzbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi. Hozirda u oʻzini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun oʻz ismini aytmaslikni soʻragan.

Tibbiy muassasa bergan maʼlumotga koʻra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy koʻrigidan oʻtadi va shundan soʻng unga kasalxonadan javob berishi mumkin.

Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur holatlarda Oʻzbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab aʼzolariga murojaat qilishlari mumkin.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Koreyada 8236 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, shulardan 1337 kishi sogʻayib ketgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. Dunyoning 143 ta mamlakatlarida 153 mingdan ortiq odam yuqumli kasallikka chalingan, ularning aksariyati tuzalib ketdi, 5,7 ming kishi vafot etdi.

 

 

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1162)

Asosiy mavzular