03:58 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
1256 0 0

2020 yil 18 mart soat 00:00 dan boshlab 2020 yil 1 mayga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yoʻq shaxslarga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga asosan 18 martdan boshlab barcha chet el fuqarolariga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi. Bu haqida Hukumat portalida xabar qilingan.

Davlat xavfsizligini taʼminlash, aholi sogʻligini himoya qilish va koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida, xalqaro qonunchilik normalariga asosan, Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2020 yil 18 mart soat 00:00 dan boshlab 2020 yil 1 mayga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yoʻq shaxslaga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi, - deyilgan qarorda.

Ushbu munosabat bilan, Rossiya bosh vaziri bugun Belorussiya bosh vaziri Sergey Rumas, Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov, Armaniston bosh vaziri  Nikol Pashinyan, Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin, Qirgʻiziston bosh vaziri Muxammedkalim Abilgʻoziyev, Tojikistan bosh vaziri Koxir Rasulzoda va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon suhbatlari oʻtkazdi. 

Ushbu taʼqiq diplomatik vakolatxona vakillari, konsullik boʻlimlari vakillari, xalqaro avtomobil harakati haydovchilari, halqaro aviakompaniyalar uchuvchilari, xalqaro temiryoʻllar xodimlari, rasmiy delegatsiyalar vakillari, Rossiyada doimiy yashaydigan fuqarolar hamda tranzit yoʻlovchilarga taaluqli boʻlmaydi, deyilgan xabarda.  

 

Asosiy mavzular