15:30 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)
755 0 0

Sietldagi Kaiser Permanente Washington Research tadqiqot instituti sinovlarida jami 45 nafar koʻngilli ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Amerikalik olimlar odamlarda koronavirusga qarshi vaktsinasining klinik sinovlarini boshladilar. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Sietldagi Kaiser Permanente Washington Research tadqiqot instituti sinovlarida jami 45 nafar koʻngilli ishtirok etmoqda. Ular oy davomida ikki dozadan vaktsina oladilar.

Preparatning birinchi inʼyektsiyasi kichik texnologik kompaniyada ishlaydigan menejerga kiritildi.

Vaktsina qachon tayyor boʻlishi hozircha nomaʼlum.

Koronavirusning tarqalishi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. Yevropada eng murakkab vaziyat Italiya, Ispaniya va Frantsiyada yuzaga kelgan. Rossiyada ayni vaqtda 93ta COVID-19ni yuqtirganlik holati roʻyxatga olingan.

Oʻzbekistonda koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. Poytaxt Toshkent shahrida Oʻzbekiston fuqarolarining koronavirus infektsiyasi yuzasidan tugʻilgan savollariga oʻz vaqtida javob qaytarish maqsadida 1003 raqami bilan koll-markaz tashkil etilgan.

Ushbu markazda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 200dan ortiq malakali mutaxassislari tomonidan javob qaytarilmoqda.

Bir sutka davomida 20 mingdan ortiq fuqarolarning murojaatlariga javob qaytarildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)

Asosiy mavzular