04:00 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
1302 0 0

Xitoylik olimlar Guanchjou shahridan 745 bolani tekshirishdi. Ulardan faqat oʻntasi koronavirusni topdilar, ularda kasallik jiddiy alomatlarsiz oʻtdi.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Bolalar COVID-19 koronavirusni yashirish tashuvchilari boʻlishi mumkin, chunki ularda bu kasallik yengil oʻtadi. Ularda kattalar singari hech qanday ogʻir alomatlar kuzatilmaydi. Bu haqda Medicalxpress ilmiy portal xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Xitoylik olimlar Guanchjou shahridan 2 oylikdan 15 yoshgacha boʻlgan 745 bolani tekshirishdi. Ularning barchasi koronavirusga chalingan insonlar bilan yaqin muloqotda boʻlishgan. Biroq ulardan faqat oʻntasida virus topildi.

“Oʻn nafar bolaning hech birida ogʻir alomatlar boʻlmadi. Yetti nafarda harorat yuqori edi, lekin u 39 darajadan oshmadi. Yoʻtal, tomoq ogʻrigʻishi hollari boʻlgan, ammo kattalarda uchraydigan mushak va bosh ogʻrigʻishi kuzatilmadi. Koʻkrak qafasi rentgen qilinganda pnevmoniya belgilari aniqlanmadi”, - deb taʼkidlashdi xitoylik shifokorlar.

Olimlarning soʻzlariga koʻra, bunday yengil alomatlar koronavirus tarqalishining muammosi hisoblanadi, yaʼni bolalar uni tashuvchisi boʻlishi mumkin. Bolalar uchun inkubatsion davr 14 kundan ortiq boʻlishi kerak. Shuning uchun tadqiqotchilar barcha maktablarni yopib karantinga oʻtkazish va bolalarni onlayn taʼlimga oʻtishni tavsiya qiladilar.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular