18:20 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
44210

Iroq AQSH aviazarbalar munosabati bilan BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga shikoyat maktublarini joʻnatdi.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Iroq Kerbela shahrida qurilayotgan aeroport va harbiy inshootlarga AQSH aviazarbalari yuzasidan BMTga ikkita shikoyat joʻnatdi. Taʼkidlanishicha, zarba oqibatida 6 kishi halok boʻldi. Bu haqda RIA Novosti’ga TIV vakili Ahmad as-Sahhaf maʼlum qildi.

“Iroq TIV AQSH aviazarbalari munosabati bilan ikkita shikoyat joʻnatdi: BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga. Tashqi ishlar vazirligi ushbu havo hujumlarini agressiv harakat va Iroqda Amerika qoʻshinlarining mamlakatda boʻlish shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholadi”, - deb taʼkidladi Iroq TIV vakili.

Bundan avval Iroq Tashqi ishlar vazirligi AQSH elchisini chaqirib, havo hujumlari tufayli oʻz noroziligini bildirgan edi.

13 mart kuni Iroq xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, AQShning Iroqdagi bir nechta obʼyektlarga amalga oshirilgan zarbalar natijasida olti kishi – besh nafar harbiy bir fuqaro halok boʻlgan.

Iroq qurolli kuchlari AQSH harbiy-havo kuchlarining hujumini qoralab, bu hamkorlik tamoyiliga zid ekanligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular