15:37 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)
604 0 0

Qirgʻizistonda koronavirusga chalingan uch bemor qayd etildi. Shu paytga qadar Markaziy Osiyo davlatlarida faqat Qirgʻiziston va Tojikistonda ushbu virus aniqlanmagan edi.

TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlik boʻyicha ilk uch holat qayd etildi. Bu haqda chorshanba kuni respublika sogʻliqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev maʼlum qildi, deya xabar beradi Sputnik Qirgʻiziston.

"Uch nafar bemor aniqlandi. Ularning barchasi - Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanidan va hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan", - degan vazir shoshilinch chaqirilgan matbuot-anjumanida.

Koronavirusga chalingan bemorlarning yoshi — 70 yosh, 62 yosh va 46 yosh. Vazir soʻzlariga koʻra, koronavirusga chalinganlar yaqinda Saudiya Arabistonidan Haj safaridan Qirgʻizistonga qaytga boʻlishgan.

"Koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. Vahima qilish uchun asos yoʻq. Bizda barcha imkoniyat bor. Bu holatlar biz uchun kutilmagan emas. Biz bunga uch oy davomida tayyorgarlik koʻrib keldik", — degan Cholponbayev.

Xabarda aytilishicha, bemorlar bilan bir reysda 135 kishi uchib kelgan, ularning hammasi tekshirilmoqda, hozirda 90 nafari izolyatsiyaga olingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 200 mingga yaqin inson koronavirus bilan bemorlangan, ularning 80 mingga yaqini shifo topgan, 7 mingdan ziyodi vafot etgan. Koronavirus 155 ta davlatga kirib borgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)

Asosiy mavzular