02:00 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
732 0 0

Rossiyada kasallangan fuqarolardan 104 nafari ushbu virusni xorijda yuqtirib kelgan, qolgan 10 kishi esa ulardan yuqtirgan.

TOSHKENT, 17 mar – Sputnik. Oʻtgan 24 soat davomida Rossiyada 21ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novovsti Koronavirusga qarshi kurash operativ shtabiga asosan.

Yangi kasallardan 4 nafari Moskvada, Samara, Kaliningrad va Tver viloyatida – 2tadan, Moskva, Tambov, Kaluga, Nijniy Novgorod, Penza, Sverdlovsk, Arxangelsk, Yaroslavl viloyatlari va Tatariston va Xakasiya respublikalari hamda Krasnodar oʻlkasida aniqlangan.

Xabarda aytilishiga koʻra, barcha kasallanganlar soʻnggi 2 hafta davomida koronavirus faol tarqalgan xorijiy mamlakatlarda boʻlib qaytishgan.

Ayni damda shifokorlar ushbu shaxslar bilan aloqada boʻlgan barcha kishilarni tibbiy kuzatuv ostiga olishgan.

Tatariston prezidenti xabariga koʻra, Respublikada koronavirus bilan kasallangan yagona shaxs – Frantsiya fuqarosi ekanini qayd etdi. Uning ahvoli qoniqarli, kasalxonaga yotqizishdan oldin u oʻz oʻyida izolyatsiyada boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiyada jami 114 nafar kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 5 nafari tuzalib ketgan va shifoxonadan uyiga javob berilgan. Qolgan bemorlardan 106 nafarida kasallik yengil formada oʻtmoqda. Rossiyada kasallangan fuqarolardan 104 nafari ushbu virusni xorijda yuqtirib kelgan, qolgan 10 kishi esa ulardan yuqtirgan.

Maʼlumot uchun, bugun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mamlakatda 182 ming kishini tashkil qilmoqda.Vafot etganlar soni 6 ming kishini tashkil qildi.

Asosiy mavzular