22:59 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
477 0 0

Senator fikricha, koronavirus katta miqyosga chiqsa, yevropaliklar oʻzlarining rusofob pozitsiyalarini yengib oʻtishga majbur boʻladilar.

TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Bundestagning xalqaro qoʻmitasi aʼzosi Valdemar Gerdt Germaniya Rossiya bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishi va yangi koronavirus pandemiyasi fonida Moskvaga nisbatan samarasiz sanktsiyalarni olib tashlashi kerakligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti "Izvestiya"ga tayanib habar bermoqda.

Uning fikricha, davlatlar qiyin damlarda bir-birlariga yordam berishlari kerak. Deputat prognoziga koʻra, hozirgi inqiroz Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga ogʻir zarba yetkazishi mumkin.

"Sanktsiyalarni koronavirus tufayli vujudga kelgan inqirozdan oldinroq bekor qilish kerak edi. Ammo bugun, chegaralar yopilganida bu yanada dolzarb mavzu boʻlib qolmoqda", - deydi Gerdt.

Uning taʼkidlashicha, Yevropa mamlakatlari Rossiya bilan savdo-sotiqni qayta tiklashi kerak, bu butun iqtisodiy tizimga foyda keltiradi. Gerdt Bundestag xalqaro qoʻmitasining keyingi yigʻilishida ushbu masalani koʻtarishni rejalashtirmoqda.

Bundestagning tashqi siyosat masalalari boʻyicha Chap qanot fraktsiyasi rasmiy vakili Aleksander Noy ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

"Hukumat dolzarb muammolarni hal qilishga eʼtibor qaratishi kerak. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar, foydasiz, ayniqsa, hozirgi sharoitda", - deb hisoblaydi siyosatchi.

Federatsiya Kengashi aʼzosi Aleksey Pushkov nashrga bergan intervyusida, bu gʻoyani Germaniya kantsleri Angela Merkel pozitsiyasi tufayli amalga oshirish murakkab kechishini aytdi - chunki Merkel cheklovlar masalasini mudom Donbassdagi vaziyat oʻz yechimini topishi bilan bogʻlab keladi.

Senator fikricha, koronavirus katta miqyosga chiqsa, yevropaliklar oʻzlarining rusofob pozitsiyalarini yengib oʻtishga majbur boʻladilar.

Asosiy mavzular