02:37 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
487 0 0

"Ular bizning qarshiligimiz rahbarini oʻldirib, xalqimizning qarshiligini sindirmoqchi boʻlishdi, ammo aks holat yuz berdi - qarshilik mustahkamlandi", - deb qoʻshimcha qildi Ruhoniy

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. Tehron Vashingtongga islom inqilobi soqchilari korpusining "Quds" maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni - general Qosim Sulaymoniy oʻlimi uchun javob qaytardi, ammo javob shu bilan yakunlangani yoʻq, deya bayonot berdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

Uning ushbu bayonoti Iroqdagi Taji bazasining raketalar yordamida oʻqqa tutilishi fonida yangradi. U yerda bir nechta AQSH harbiylari jarohatlangan yoki halok boʻlgan. Vashington ushbu zarbalar uchun javobgarlikni eronparast shiya uyushmalari zimmasiga yuklamoqda. Eron oʻz nomiga bildirilayotgan ayblovlarning assossizligini aytmoqda.

"Amerikaliklar bizning buyuk generalimizni oʻldirdi, biz buni javobsiz qoldirmadik va hech qachon qoldirmaymiz ham", - dedi Ruhoniy IRINN telekanali orqali namoyish etilgan chiqishi davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSH hech qachon Eronning Iroqdagi bazaga bergan raketa zarbasini unutmaydi, "chunki ular ilk marotaba oʻzining johillarcha qilgan xatosiga qatʼiy va tezkorlikda javob oldi".

"Ular bizning qarshiligimiz rahbarini oʻldirib, xalqimizning qarshiligini sindirmoqchi boʻlishdi, ammo aks holat yuz berdi - qarshilik mustahkamlandi", - deb qoʻshimcha qildi Ruhoniy.

AQSH 3 yanvar kuni Bagʻdodda Sulaymoniyni yoʻq qilish boʻyicha operatsiya oʻtkazgan edi. Bunga javoban Eron amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi baza boʻylab raketa zarbalarini amalga oshirdi. Ushbu vaziyatning dastlabki vaqtida AQSH prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbariyati raketa zarbalari oqibatida jabrlanganlar boʻlmaganini maʼlum qilgan edi. Shundan soʻng harbiylar jabrlanganlar borligini tan olishga majbur boʻlgandi. Ularning soni tobora oshib bordi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular