AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishD.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya
D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronoavirus pasportiga yoki millatiga qarab yuqmaydi, bunday o‘lat butun inson zoti biologik tur sifatida qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Agar dunyo bekamu-ko‘st bo‘lganida, umumjahon miqyosidagi tabiiy ofatlar vaqtida insoniyat hamjihatlik bilan ushbu fojeaga qarshi kurashgan bo‘lardi. Bugun esa biz qayg‘uli manzara guvohi bo‘lmoqdamiz. RIA Novosti xabariga asosan.

Ayrim karantinda zerikib qolgan fuqarolar kornavirusning “millatini” aniqlash bilan shug‘ullanishmoqda. Eng qayg‘ulisi esa - bunday mashg‘ulot bilan eng yuqori darajali davlat rahbarlari ham shug‘ullanishmoqda.

Glava administratsii Gonkonga Kerri Lam v meditsinskoy maske na press-konferensii  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni Uxanga amerika harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkin - Xitoy TIV

Ushbu millatchilar oxir oqibat, koronavirus tarqalishida bir davlatni ayblab, undan tovon puli va kechirim talab qilishga ham tayyorga o‘xshaydi.

Donald Trampni koronavirus millatinini aniqlashning bosh tashabbuskorlaridan biri deyish mumkin. Bunga bir necha sabablar bor. Ulardan eng asosiysi, bunday deyish Trampning so‘nggi yillarda olib borgan “Hamma narsada Xitoy aybdor, Xitoyni jazolash kerak va shunday yo‘l bilan biz Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz” degan siyosatiga mutlaq hamohangdir.Xitoy

Sir emaski, koronavirus epidemiyasi haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lganda, aksariyat davlatlar o‘z chegaralarini qisman yoki to‘liq yopish, koronavirusni aniqlash uchun testlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan edi. Amerika esa, birinchi navbatda Xitoy v Hindistondan o‘zi uchun kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarini olib chiqish masalarini muhokama qilish bilan band bo‘lgandi. Bu haqida Trampning yordamchisi Navarro Fox News va Breitbart nashrlariga xabar qilgan.

 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Amerikadagi Xitoy OAVlari AQSh hukumati talabi bilan o‘z shtatini qisqartirmoqda

Vaholanki, ishlab chiqarish tizimini ko‘chirishga bir necha yil kerak bo‘lardi, virus bo‘lsa bir necha kunda planetani egallab oldi. Ushbu voqealardan so‘ng The New York Times “Xitoy tayyorlanish uchun bir necha kun vaqt berdi, lekin G‘arb uni no‘noqlarcha yo‘q qildi” deb yozgan edi.

Haqiqatdan ham, AQSh dastavval virus kirib kelishini oldini olish choralarini ko‘rish o‘rniga, birinchilardan bo‘lib Xitoyni ayblashga tushdi. Donald Tramp haligacha o‘z chiqishlarida koronavirusni  “xitoy virusi” deb atashdan charchamaydi. Uning tarafdorlari ham shu nomga o‘rganishgan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari aviakompaniya va “xitoy virusidan” zarar ko‘rgan boshqa sohalarga yordam berishga tayyor. Biz oldingidan ham kuchli bo‘lamiz!”, - degan edi Tramp o‘z chiqishlaridan birida.

Xitoy diplomatlari bir necha bor rasman murojaat qilishlariga qaramasdan, AQSh koronavirusni “xitoy virusi” deb atashni bas qilgani yo‘q. Ular buni nima maqsadda qilayotganlarini tushunsa bo‘ladi, albatta.

Sotrudnitsa laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi sinovlari o‘tkazildi

Hammasiga “Xitoy aybdor bo‘lsa”, aholining Vashingtondagi hukumatga da’vosi kamroq bo‘ladi. Bugun AQSh fuqarolari epidemiya tufayli supermarketlarda oziq-ovqat, tualet qog‘ozi uchun uzoq navbatlarda turishga majbur bo‘lmoqdalar. Mamlakatda koronavirus testlari tishmovchiligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga amerikaliklar (negadir) qurol-yarog‘ va o‘q-dori ham g‘amlamoqdalar.

Bunday strategiya Amerikada o‘ziga xos fenomenlar ham keltirib chiqarmoqda. Oddiy amerikaliklarning Xitoyga nisbatan munosabati salbiy tomonga o‘zgarmoqda. Odamlar

xitoy kvartallaridagi magazinlarga kirmay qo‘yishgan. Vaholanki, boshqa magazinlar bo‘shab qolgan vaqtda aynan chaynataundagi magazinlar tualet qog‘ozi va konservalar kabi defitsit tovarlar bilan liq to‘la, deyishmoqda voqea guvohlari.

Xitoylik milliarder Jek Ma AQShga 500 mingta koronavirus testlarini bepul yetkazib berishi haqida e’lon qilganida, amerika ijtimoiy tarmoqlarida ushub xabar o‘ta salbiy kutib olindi. Foydalanuvchilar virus tarqalishida Xitoy aybdorligini va ushbu  testlar Xitoyda ishlab chiqarilgani uchun ulardan voz kechish kerak degan fikrlar bildirishdi. Aytish joizki, Jek Ma Italiya va Afrika mamlakatlariga ham xuddi shunday gumanitar yordam yo‘llagan edi.

Jenshina v meditsinskoy maske v Seule  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy virusi AQSh qudratini barbod qilish bilan tahdid qilmoqda. Rossiyagachi?

Amerikada bo‘lsa, haqiqatdan ham koronavirus testlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda.  The Atlantic jurnali xabariga ko‘ra, 13-mart holatiga AQShda  bor-yo‘g‘i 13 953 ta koronavirus testi o‘tkazilgan.  Shu davr mobaynida Rospotrebnadzor 104 mingta test o‘tkazgan edi.

Xitoy diplomatlarining koronavirus kelib chiqishi va u aslida AQShdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi o‘rinli savollariga Mayk Pompeo boshchiligidagi AQSh Davlat departamenti, negadir xafa bo‘lishadi.

Qissadan hissa shuki, diplomatik va axborot urushlari qanchalik kuchli va uzoq davom etmasin, ular koronavirusga qarshi kurshada zarracha yordam bermaydi, virus bilan kasallanganlar hayotini yengillashtirmaydi.

Yangiliklar lentasi
0