14:53 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
709231

GMU (AQSH) tizimli biologiya maktabining professori Anna Baranova koronavirus pandemiyasi toʻxtatish shartlarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Inson tanasida yangi koronavirusning evolyutsiyasi jarayoni, shuningdek mamlakat aholisining 70 foizida unga immunitet paydo boʻlsa - bu epidemiya tugatish uchun tabiiy sharoit boʻladi, dedi GMU (AQSH) tizimli biologiya maktabining professori, biologiya fanlari doktori Anna Baranova RIA Novosti agentligiga.

“Epidemiyani tugatish – bu ikki jarayon. Birinchisi - bu virusning evolyutsiyasi. Biz bilamizki, yangi xoʻjayinda (inson – virus uchun yangi xoʻjayin) virus zaiflashishi sodir boʻladi. Biz buni boshqa viruslarda, shu jumladan koronaviruslarda ham kuzatdik. Koʻrshapalak virusi odamga yuqdi, odamdan odamga oʻtishi virus mutatsiyalari bilan birga sodir boʻladi va ular odatda virusni kuchsizlantiradi. Virusning koevolyutsiyasi - inson bilan ozmi-koʻpmi birga yashashi uchun sodir boʻladi. Mazkur virus endi bizga moslashmoqda. Bu qancha vaqt davom etishi nomaʼlum”, - dedi Baranova.

Ikkinchi jarayon - odamlar tomonidan immunitetga ega boʻlishi, yaʼni tabiiy emlash jarayonidan oʻtish.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi koronavirus bilan kasallansa, populyatsiyada virus bilan kurasha oladigan antitelalarga ega boʻlgan odamlar qatlami paydo boʻladi. Bunday holda, kasallanish u darajada yuqori boʻlmaydi - hammada immunitet boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular