07:17 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)
1081 0 0

Moskvada koronavirusga chalingan ayol vafot etdi. U 79 yoshda edi. Ayol oʻtgan haftada shifoxonaga yotqizilgandi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Moskvada koronavirusga chalingan ayol vafot etdi. U 79 yoshda edi. Taʼkidlanishicha, ayolda surunkali kasalliklar koʻp boʻlgan.

Ayol 13 mart kuni shifoxonaga yotqizilgandi, keyinchalik Moskvadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joʻnatilgan. U yerda koronavirusga test olingan va unda virus borligi tasdiqlangan.

Ayol izolyatsiya qilinib, davolash ishlari boshlangan. Biroq nafas olish yetishmovchiligi kuchayib bordi.

Shifokorlar maʼlum qilishicha, oʻlim pnevmoniya natijasida sodir boʻlgan.

Bemorda bir nechta surunkali kasalliklar – diabet (2-toifa), arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, oʻpka gipertenziyasi, shuningdek buyrakda tosh boʻlgan.

Endi bemor bilan muloqot qilgan odamlar aniqlangan, ular shifokorlar nazoratiga olindi. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)

Asosiy mavzular