07:15 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (935)
205330

Ilgariroq, Lukashenko, kadrlar masalasini koʻrib chiqayotgan vaqtda amaldorlarga qanday qilib yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olmaslik borasida bir nechta maslahatlar bergan edi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga bagʻishlangan yigʻilishda rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy haqida latifa aytdi, deb xabar berdi payshanba kuni Sputnik Belarus.

Ilgariroq, Lukashenko, kadrlar masalasini koʻrib chiqayotgan vaqtda amaldorlarga qanday qilib yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olmaslik borasida bir nechta maslahatlar bergan edi. Xususan, Lukashenko tez-tez qoʻl yuvish, nonushta va kechki ovqatni ham oʻz vaqtida tanovvul qilishni maslahat bergan. Belarus yetakchisi shuningdek, virusni aroq bilan ham "zaharlash" mumkinligini aytgan. Bundan tashqari, Lukashenko haftada ikki-uch marta saunaga borishni tavsiya etgan. Jirinovskiy oʻz navbatida Lukashenkoning bu maslahatlarini qattiq tanqid qilgan.

"U (Jirinovskiy - tahr.) tanqid qilibdi, aroq mumkinmasmish, sauna nima degani, Lukashenko nohaq. Uyga borgach esa xotiniga: "Yuz gramm quy, koronavirusdan davolanaman", debdi. Xotini unga: "Volodya, sen hozirgina Lukashenkoni tanqid qilding-ku, aroq yordam bermaydi, deding". "Men buni hamma uchun aytdim, menga esa quy, Lukashenko ahmoqmas, u bekorga aytmaydi". Xotini unga yana: "Volodya, axir ruslarda hammomdan soʻng yuz gramm ichishadi", desa. Jirinovskiy: "Bu ruslarda. Men esa yevreychasiga ichaman: yuz gramm hammomgacha, yuz gramm hammomdan keyin", dermish. Bu mavzuimizga yaqin boʻlgani uchun latifadek yangramoqda. Vladimir Volfovichdan uzr soʻrayman, albatta, ammo bu hayotiy voqeani aytmasam boʻlmasdi", - deb qoʻshimcha qilgan belarus yetakchisi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qilgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoning 160 mamlakatida 200 mingdan ortiq odam ushbu virusni yuqtirgan. Ularning sakkiz mingdan ortigʻi vafot etdi.

Belarusda koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 51 nafarga yetgan. Ammo ularning toʻqqiz nafarida COVID-19 klinik belgilari mavjud, olti nafari sogʻaygan va kasalxonadan ularga javob berilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (935)

Asosiy mavzular