19:58 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
180210

Tekshiruvlar davomida mutaxassislar dori vositasining eng samarali va xavfsiz prototiplarini, shuningdek boʻlajak vaktsinaning tarkibi va kiritish uslublarini aniqlashadi.

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqilib uni hayvonlarda sinash boshlandi, deb xabar qilmoqda Rospotrebnadzor.

Tekshiruvlar davomida mutaxassislar dori vositasining eng eng samarali va xavfsiz prototiplarini, shuningdek boʻlajak vaktsinaning tarkibi va kiritish uslublarini aniqlashadi. Vaktsina 2020 yilning 4 choragida odamlar uchun qoʻllanila boshlanishi mumkin, deyilgan  xabarda.

“Olimlar yangi vaktsinalarni anʼanaviy hisoblangan virus vektorlarini rekombinatsiya qilish texnologiyasi asosida gripp, qizamiq va vezikulyar stomatit viruslari yordamida hamda eng zamonaviy sintetik vaktsina yaratish texnologiyalari – mRNK-vaktsina, peptid vaktsina va subyagona vaktsina texnologiyalari asosida yaratishdi,” – deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunla AQSH va Xitoy ham oʻz vaktsinalarini sinovdan oʻtkazmoqda. AQShda mRNA-1273 nomli vaktsina 45 nafar koʻngillilarda sinab koʻriladi.

Bir necha kun oldin Xitoyda ham insonda koronavirusga qarshi immunitet paydo qiladigan vaktsina yaratilgani va u ayni damda sinovdan oʻtkazilayotgani haqida xabar qilingan edi.

Vaktsina yaratishdan tashqari Xitoylik shifokorlar koronavirusga chalingan ayrim kishilarda ushbu virusga qarshi kurashuvchi antitelalar borligini aniqlashgan. Shifokorlar ushbu kishilar qonini boshqa bemorlarga qoʻyish yordamida ham koronavirusni muvaffaqiyatli davolashga erishishgan. Ayni  damda Xitoyda koronavirusga qarshi kurash samaradorligi 85-90 % miqdorida baholanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyada 200ga yaqin kishi koronairus bilan kasallangan. Qozogʻistonda – 44, Oʻzbekistonda – 23, Armanistonda – 122, Belarusda – 51 va Qirgʻizistonda – 3 kishi kasallangan. Dunyoda kasallanganlar soni 200 mingdan oshib ketgan. Vafot etganlar soni 9 ming.

Asosiy mavzular