Xitoy Rossiyaga 25 million himoya niqoblari yetkazib berdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishSamolyot An 124-100
Samolyot An 124-100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus barcha uchun kelgan xavf: Xitoy Rossiyaga himoya niqoblari, Rossiya Italiyaga tibbiy mutaxassislar bilan yordam bermoqda.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Rossiya harbiy kuchlari samolyoti Xitoydan 25,5 millionta himoya niqoblari olib keldi deba xabar qilmoqda Russia Today Mudofaa vazirligiga asosan. 

"Rossiya +avo-kosmik kuchlarining An-124 samolyoti Xitoy Xali Respublikasdan Chkalovskiy aerodromiga 25,5 million dona shaxsiy himoya maskalari olib keldi", - deyilgan muassasa xabarida. 

Biroz oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpin bilan telefon muloqoti o‘tkazgan edi. Suhbart davomida davlat rahbarlari COVID-19 infeksiyasi tarqalishini muhokama qilishgan edi. Rossiya prezidenti Xitoyda vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarayotganini qayd etgan edi. 

Rossiya ham o‘z navbatida Eron va Italiyaga koronavirusga qarshi kurashda  yordam bermoqda. Bugun Italiyaga bortida tibbiy mutaxassislar bo‘lgan 7-samolyot uchib ketdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunida Rossiyada koronavirusga chalingan fuqarolar soni 367 kishini tashkil qilgan. Maktablarda o‘quvchilar ta’tilga chiqarilgan. Jamoat xizmatlari ko‘rsatayotgan tashkilotlardan boshqalar imkon qadar uy sharoitida ishlash tavsiya qilingan.    

Yangiliklar lentasi
0