06:27 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
912730

Xitoy virusologi Chjan Venxun COVID-19 pandemiyasi tez orada tugaydi degan fikrni unutish kerakligini aytdi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. COVID-19 boʻyicha Xitoy klinik mutaxassislar guruhining rahbari Chjan Venxun Yevropa mamlakatlarining koronavirusga qarshi kurash borasidagi istiqbollarini baholadi, deb xabar qildi South China Morning Post.

“Agar virus yana paydo boʻlishi va yoʻqolishi, bularning barchasi bir - ikki yil davom etishi bu normal holat. <…> Yaqin orada Yevropada pandemiya tugaydi degan fikrni unutinglar”, - dedi xitoylik virusolog talabalar uchun oʻtkazilgan videokonferentsiyada.

Uning fikriga koʻra, Yevropa hukumati virus tarqalishini faqat “oʻta radikal” choralar bilan toʻxtatishi mumkin edi. Masalan, davlatlarda har qanday faoliyatni toʻliq muzlatish va chegaralarni toʻliq yopish orqali. Ammo Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bunday qilmaydi, deydi shifokor.

“Agar butun dunyo toʻrt hafta davomida toʻxtab qolsa, biz pandemiyani toʻxtata olardik”, - mutaxassis soʻzlarini keltiradi nashr.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 yangi koronavirus pandemiyasi haqida eʼlon qilgandi. Dunyo boʻylab 292 ming kishi virusga chalingan, 12 ming kishi vafot qildi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular