02:49 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
370 0 0

XXR Davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, virusni yuqtirib olganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketgan.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni kundan kunga kamaymoqda. Hozirgi paytda 5 120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. XXR Davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, virusni yuqtirib olganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda koronavirus infektsiyasiga chalinishlarning tasdiqlangan holatlari 81093ga yetdi, shundan 72 703 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi. Bu umumiy holatlarning 89,6 foizini tashkil qiladi.

Epidemiya boshlanganidan beri Xubey provintsiyasidan tashqari butun Xitoy boʻylab 13293 kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 117 tasi oʻlim bilan yakunlangan, oʻlim holatlari 0,88 %ni tashkil etadi. Epidemiyaning oʻchogʻi  Xubey provintsiyasida 67,800 yuqish holatlari aniqlandi, 3153 kishi vafot etdi, oʻlim darajasi 4,65%.

Shu bilan birga, Xubey provintsiyasi Uxan shahrida oʻlim darajasi 5%ni tashkil etdi. Umumiy hisobda epidemiya 3270 kishining hayotiga zomin boʻldi, mamlakatda oʻlim darajasi oʻrtacha 4 foizni tashkil etdi.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida (Xubey provintsiyasi) kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlandi.

JSST 11 mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi. XHR Davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi 12 mart kuni mamlakatda epidemiyaning eng yuqori choʻqqisi boʻlib oʻtganini maʼlum qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)

Asosiy mavzular