19:47 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
86110

Avvalroq Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan edi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida joriy etilgan 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklash MDH, Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolariga taalluqli emas. Rossiya Vazirlar mahkamasining tegishli qarori huquqiy axborot portalida eʼlon qilingan.

“Mazkur farmonning birinchi bandi qoidalari MDHga aʼzo davlatlar, Abxaziya Respublikasi va Janubiy Osetiya Respublikasi fuqarolariga qoʻllanilmasin...” – deyilgan hujjat matnida.

Shuningdek, Vazirlar mahkamasi Federal xavfsizlik xizmatiga ushbu mamlakatlar fuqarolarining Rossiya chegarasidan oʻtishini taʼminlashni buyurgan.

Eslatib oʻtamiz, 16-mart kuni davlat xavfsizligini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infektsiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan edi.

Asosiy mavzular