04:59 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
1242 0 0

Corriere della Sera nashri Italiyada koronavirus bilan kasallanishdan oʻlim koʻrsatkichlarining yuqori statistikasi ehtimoliy sabablarini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Italiyaning Corriere della Sera nashri Italiyada koronavirus bilan kasallanishdan oʻlim koʻrsatkichlarining yuqori statistikasi ehtimoliy sabablarini aytib oʻtdi.

Gazetaning taʼkidlashicha, Italiyada koronavirus mavjudligini tekshirish strategiyasi materiallarning yetishmasligi va yuqtirganlarning koʻpayishi tufayli oʻzgartirilgan. Shunday qilib, faqat ogʻir alomatlari boʻlgan va xavf guruhiga kiritilgan fuqarolar tekshirilgan.

Natijada oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tasdiqlangan holatlarga nisbatan hisoblanadi, yaʼni agar koʻproq testlar oʻtkazilganida, tasdiqlangan infektsiya holatlari soni bir necha baravar koʻp boʻlar edi.

Koronavirusning tarqalishi boʻyicha Italiya Yevropada birinchi oʻrinda turadi va mamlakat yaqinda qurbonlar soni boʻyicha Xitoyni ortda qoldirdi. Soʻnggi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Apenninada 60 mingga yaqin infektsiyaga chalinganlar qayd etilgan, 5,4 mingdan koʻproq odam vafot etgan.

11 mart kuni JSST COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirus tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular