05:08 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (44)
988 0 0

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni advokatini aytishicha, uning salomatligi keskin yomonlashgan

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Sud majlisi davomida sobiq prezident Almazbek Atambayevning sogʻligi yomonlashgan va natijada sud jarayoni keyinga qoldirilgan, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston advokat Zamir Jooshevga tayangan holda.

"Sud ertalab boshlandi. Majlis tushlik uchun tanaffusga toʻxtatilganida, Atambayevni qoʻriqchilar olib ketdi. Ular Atambayevning sogʻligi yomonlashganini aytishdi. Atambayev qon bosimidan shikoyat qilmoqda", - dedi u.

Atambayevning advokati shuningdek, sudga GNKB SIZOsi tibbiy-sanitar xizmati tomonidan himoyasidagi shaxsning sogʻligi yomonlashgani haqidagi aktni taqdim etgan.

Keyingi sud majlisi 30 martga qoldirilgan.

Taʼkidlash joizki, bu Koy-Toshdagi voqealar yuzasidan oʻtkazilayotgan birinchi sud majlisi edi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 7-8 avgust kunlari Qirgʻiziston maxsus xizmatlari sobiq prezidentning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalarni qoʻllagan edi.

Oʻshanda Atambayevning tarafdorlari spetsnazga javoban oʻt ochgan va shu bois, birinchi kuni sobiq prezidentni qoʻlga olishning imkoni boʻlmagan. Atambayevning tarafdorlari olti nafar spetsnaz jangchilarini asir olgan.

Ertasi kuni tarafdorlar va kuch tuzilmasi vakillari oʻrtasida yana toʻqnashuv yuz bergan va jang ertalabgacha davom etgan. Natijada, Atambayevning oʻzi kuch tuzilmalariga taslim boʻlgan.

Qirgʻiziston parlamenti Atambayevni avgust oyidagi tartibsizliklar uchun javobgar, deb topgan.

Toʻqnashuvlar vaqtida 136 kishi jarohatlangan va bir nafar spetsnaz xodimi halok boʻlgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (44)

Asosiy mavzular