Matbuot-anjumanida shifokorning betobligini eshitgan Tramp o‘zini darhol chetga oldi - video

© AFP 2023 / JOE RAEDLEPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus atrofidagi vaziyatga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot-anjumanida AQSh prezidenti bilan kulgili holat yuz berdi

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh ma’muriyatining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Debora Birksning betobligini eshitishi hamon, o‘zini zudlik bilan chetga oldi.

Rossiyskie uchenie pokazali, kak viglyadit koronavirus — video - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi eng samarali sovun qaysi - shifokor izohi

"Shanba kuni istimam biroz ko‘tarilgandi", - dedi ayol seshanba kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan uyushtirilgan va Tramp ishtirok etayotgan matbuot-anjumanida.

Buni eshitgan Tramp "Oh!" - degancha, darhol ayoldan bir necha qadam uzoqlashdi.

"Balki bu oshqozon-ichak bilan bog‘liq nimadir. Men mas’uliyatliman. Shifokorman. Men hammasini tekshirdim... Shanba kuni test topshirdim va kaminada koronavirus borligi tasliqlanmadi", - davom etdi Birks.

Ayolga yaqinroq kelgan Tramp go‘yo ancha yengil tortgandek yana chuqur "uh" tortdi. Ammo bu safar uning yuzida tabassum aks etardi.

"Aytganingiz uchun rahmat", - qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

"Mana, biz qanday qilib bir-birimiz haqimizda qayg‘urmog‘imiz lozim", - deya o‘z nutqini yakunladi Birks, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda har bir shaxsning mas’uliyati haqida gapirar ekan.

Yangiliklar lentasi
0