06:09 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
23210

AQSH hukumati Kobulga yordamni bu yil bir milliard dollarga va yanagi yil yana bir milliardga qisqartirishga qaror qildi.

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington “oʻzaro kelishuv hukumati” tuzish boʻyicha muzokaralar muvaffaqqiyatsiz yakunlangandan soʻng Afgʻonistonga yordamni bir milliard dollarga qisqartirishini maʼlum qildi.

Pompeoning taʼkidlashicha, hukumatning bu muvaffaqqiyatsizligi AQSH milliy manfaatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir.

Shu sababli AQSH hukumati Afgʻoniston bilan hamkorlikni qayta koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh inklyuziv hukumat toʻgʻrisida kelisha olmaganliklari haqida davlat kotibi Pompeoni xabardor qilganidan chuqur afsusda”,- deydi Pompeo oʻz bayonotida.

Shu munosabat bilan Amerika bu yil Kobulga yordamni bir milliard dollarga, kelasi yili esa yana bir milliard dollarga kamaytirishga qaror qilgan.

Davlat kotibi, shuningdek, AQSH “Tolibon”* radikal guruhi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) aʼzolari bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq qoʻshinlarini hozirda Afgʻonistondan olib chiqishda davom etayotganini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, bir kun oldin Mayk Pompeo Dohada “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi va keyin kutilmagan tashrif bilan Kobulga keldi, u yerda Afgʻonistonda tinchlik jarayonini prezident Ashraf Gʻani bilan muhokama qildi.

Eslatib oʻtamiz, 10 mart kuni Afgʻonistonda birdaniga ikki prezident oʻz lavozimiga kirishdi.

Ashraf Gʻani prezident saroyida qasamyod qildi, saylovlarda magʻlubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdulloh bosh vazir qarorgohida parallel ravishda inauguratsiya marosimini oʻtkazdi.

Shu bilan bir qatorda, bir muncha vaqt oʻtgach, Abdulloh Abdulloh Ashraf Gʻanining qobiliyatsizligi va majburiyatlarini bajara olmayotganligi sabali prezident vazifasini bajara olmasligi toʻgʻrisida deklaratsiya chiqardi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular