14:03 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
144901

Xitoyning Yunnan viloyatida yashovchi fuqaro qoʻshni viloyatga borayotganida avtobusda toʻsatdan vafot etdi. Kutilmagan oʻlimdan soʻng shifokorlar erkakka xantavirus sindromi tashxisini qoʻyishgan.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Xitoyda xantavirusdan birinchi oʻlim holati qayd etildi, deb xabar qiladi Global Times.

Xabarga koʻra, Xitoyning Yunnan viloyatida yashovchi fuqaro avtobusda qoʻshni viloyatga borayotganida, toʻsatdan vafot etgan. Uning kutilmagan oʻlimidan soʻng, shifokorlar erkakka xantavirus sindromi tashxisini qoʻyganlar. Ushbu kasallik xantavirus deb nom olgan virus tufayli yuzaga keladi.

Avtobusdagi qolgan 32 kishi zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan. Ular orasida bemorlanganlar haqida maʼlumot hozircha yoʻq.

Xantavirus odamlarga kemiruvchilardan yuqishi mumkin. Virus kemiruvchilar tomonidan tashilib, ularning peshobida qoladi va havo orqali tarqaladi.

Odamdan odamga oʻtish bu virusga xos emas, faqat Argentina va Chilida holatlar qayd etilgan. Shuningdek, hasharotlar, koʻrshapalaklar tishlashi oqibatida yuqishi ham mumkin.

Koʻpincha issiq va quruq mavsumlarda, oʻrmonga sayr qilish uchun borganda yuqtiriladi.

Xantavirusning belgilari – bosh ogʻrigʻi, zaiflik, yoʻtal, buyrak va ovqat hazm qilishdagi muammolar.

Asosiy mavzular