03:54 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
51010

Xitoy bir sutka ichida mamlakatga chetdan olib kirilgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq 47ta holatni aniqladi

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Xitoy chet eldan boʻladigan koronavirus pnevmoniyasi "importi"ning oldini olish uchun "uchta mudofaa chizigʻi"ni yaratdi.

"Old liniya"da bojxonachilar turibdi - ular oʻtgan 40 kun davomida chetdan kelayotgan fuqarolarning tana temperaturasini oʻlchash, shuningdek, ular harakatlanishi tarixini oʻrganish orqali infektsiyani yuqtirganlik boʻyicha koʻplab holatlarni aniqladilar, deydi Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati boʻyicha markazi xodimi, epidemiolog U Tszunyu.

Mudofaaning ikkinchi liniyasi ikki haftalik karantindan iborat. Bunda qaysi davlatdan kirib kelishidan qatʼiy nazar barcha fuqarolar ikki haftalik majburiy tartibdagi karantinda saqlanadi. Sababi, tibbiyot xodimlari fikricha, koronavirus pnevmoniyasining inkubatsion davri 14 kungacha davom etishi mumkin.

Uchinchi mudofaa chizigʻida tajribali shifokorlar turadi. Ular birinchi ikki liniyada aniqlanmagan bemorlarni aniqlash ishlarini olib boradilar, dedi U Tszunyu.

Oʻtgan yilning oxirida Xitoydan boshlangan COVID-19 pandemiyasi bugungi kunda 170ta davlatga kirib bordi. Infektsiya Antarktidadan boshqa barcha qitʼalarga kirib borgan. BSST maʼlumotlariga koʻra, koronavirus bilan bemorlangan kishilar soni 370 mingga yetdi, virus 16 ming odamni oʻldirdi.

Oʻlim holatlari boʻyicha bugungi kunda Italiya birinchilikda bormoqda (oʻlganlar soni 7 mingga yaqinlashdi), undan keyingi qatorlarda XXR, Ispaniya, Eran, Frantsiya va AQSH turibdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular