Shahzoda Charlz koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi

© PAN Photo / Mediabankka o‘tishVizit prinsa Charlza v Armeniyu
Vizit prinsa Charlza v Armeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi va rafiqasi bilan birga o‘zini izolyatsiya qilgan.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik.  Britaniya taxtining birinchi da’vogari shahzoda Charlz koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi va rafiqasi bilan birga o‘zini izolyatsiya qilishga olindi. Bu haqda Klarens-haus kanselyariyasi ma’lum qildi.

Chilining Santyagu shahrida puma yovvoyi mushugi oziqa izlab keldi. 24.03.20
 - Sputnik O‘zbekiston
Hayvonlar hukmronligi: och yirtqichlar bo‘shab qolgan shaharlarda – foto

Uels shahzodasi koronavirusga tahlil topshirdi, va unda infeksiya borligi aniqlandi. Shahzodada infeksiyasining yengil simptomlari qayd etilgan, u o‘zini yaxshi his qilayotgani qayd etilgan.

Charlzning rafiqasi Kamilla, gersoginya Kornuolskaya ham tahlil topshirdi, unda virus aniqlanmadi. Shifokorlar tavsiyalariga ko‘ra, shahzoda va uning rafiqasi Shotlandiyadagi qasrida o‘zini izolyatsiya qilgan.

Shahzoda Charlz koronavirusni qayerda yuqtirganini aniqlash imkonsiz, chunki u so‘nggi hafta davomida ko‘plab ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.

Shahzoda Charlz oxirgi marta Londonda o‘tkazilgan xayriya tadbirida ishtirok etgan. Daily Mail nashri Charlz Monako knyazi Alberdan virus yuqtirib olganini taxmin qilmoqda.

Bukingem saroyi o‘z navbatida qirolicha Yelizaveta II sog‘lomligi va xavfsizlik choralarga rioya qilayotganini ma’lum qildi.

BSST 11-mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 370 mingdan ortiq kishi bu virusga chalindi, 16 mingdan ortiq kishi vafot qildi.

Yangiliklar lentasi
0