19:20 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)
515020

Italiyalik virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yoʻqqa chiqardi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga taʼsir qilmaydi. Bu haqda Il Giornale nashri italiyalik shifokorlarga asosan maqola tayyorladi.

Xususan, virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yoʻqqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini taʼkidladi. Uning nazarida issiq havo boshlanishi bilan nafas yoʻllari bilan bogʻliq boʻlgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari haqiqatan ham kamroq qayd etiladi, havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bugʻlanib ketadi, ammo bu hozirgi vaziyatga taʼsir qilishi dargumon.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga oʻxshash xulosaga keldilar. Ular Uxan va Italiyaning Lombardiya va Veneto shaharlarida COVID-19ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi, bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallangan soni oʻrtasida hech qanday bogʻliqlikni topmadilar.

Nashr mualliflari infektsiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni atipik pnevmoniya (SARS) bilan taqqoslash natijasida paydo boʻlganligini taʼkidlashdi. SARS 2002 yil oxirida boshlanib, 2003 yil iyul oyida yakunlangandi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, oʻsha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslab boʻlmaydi.

Dunyoning 170 tadan ortiq davlatda koronavirus aniqlandi. Oʻtgan yil yakunida Uxanda COVID-19 birinchi bemorlar paydo boʻldi. BSST soʻnggi malumotlariga koʻra, 350 ming kishidan ortiq bu virus aniqlandi, 16 ming kishi vafot qildi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)

Asosiy mavzular