02:50 03 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Dunyoda
Havola olish
52820

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida Rossiyada kelgusi hafta - dam olish kunlari deb eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelayotgan haftada dam olish eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“30 martdan 3 aprelga qadar, maoshlarni saqlab qolgan holda dam olish kunlari deb belgilansin”, - deyilgan Rossiya prezidentining bayonotida.

Bayonotda aytilishiga koʻra, ushbu qaror koronavirus epidemiyasini cheklash, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan.

Doimiy faoliyat yurituvchi tashkilotlar, dorixonalar va tibbiy muassasalar, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlovchi tashkilotlar ushbu qaror taʼsiri ostiga tushmaydi.

Bundan tashqari Putin oʻz bayonotida ishsizlik uchun toʻlanadigan yordam pulini 8 mingdan 12 minggacha oshirishni nazardan tutgan.

Eslatib oʻtamiz,ayni damda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 658 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 500 nafari Moskva shahrida qayd etilgan.

Asosiy mavzular