Mutaxassis birinchi o‘limga olib kelgan hantavirusni koronavirus bilan taqqosladi

© REUTERS / Darley ShenZakritiy rinok moreproduktov v Uxane, provinsiya Xubey
Zakritiy rinok moreproduktov v Uxane, provinsiya Xubey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, hantaviruslar odamlarga ma’lum bir xavf tug‘diradi. Ammo u yangi turdagi koronavirus kabi oqibatlarga olib kelmaydi.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Xitoyda aniqlangan hantavirusning odamlarga COVID-19 koronavirusiga qaraganda xavfi kamroqdir. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi va Nyu-York Fanlar akademiyasining a’zosi Anatoliy Alshteyn Ura.ru portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ilgari Xitoyda Yunnan provinsiyasi fuqarosi ishga ketayotib avtobusda vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uning hantavirus uchun testi musbat bo‘lib chiqqan, qolgan 32 nafar yo‘lovchilar ham sinovdan o‘tgan.

“Hozirda COVID-19 koronavirusi keltirib chiqarganidek katta epidemiyalarni  hantaviruslar keltirib chiqarmaydi”, - deya dedi Alshteyn so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Mashina skoroy pomoshi v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda xantavirus paydo bo‘ldi – bir kishi vafot etdi

Mutaxassis hantaviruslar odamlarga ma’lum bir xavf tug‘diradi, degan xulosaga keldi, ammo u yangi turdagi koronavirus kabi oqibatlarga olib kelmaydi.

Odamlar kemiruvchilar yoki ularning chiqindilaridan hantavirus yuqtirishi mumkin. Odamdan odamga yuqishi unga xos emas, shunga o‘xshash holatlar faqat Argentina va Chilida qayd etilgan. Ayrim turdagi hasharotlar bilan ozuqalanadigan ko‘rshapalaklar chaqishi natijasida yuqtirish holatlari ham ma’lum. Ko‘pincha odamlar issiq va quruq mavsumlarda, o‘rmonda sayr qilish uchun borganlarida yuqtirishadi.

Alomatlar orasida isitma, qon ketish va buyrak zararlanishi bo‘ladi.

COVID-19

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusning yangi turini yuqtirganlar soni 414 mingdan oshdi, o‘lim holatlari 18 mingdan oshdi.

O‘zbekistonda 65 kishi kasallangan, ulardan 5 nafari tuzalish arafasida. Mamlakatda 20 mingdan ortiq kishi karantinda.

Yangiliklar lentasi
0